O‘zbekiston kubogi. "Bunyodkor" 1-o‘rin bilan guruhdan chiqdi, ikkinchi yo‘llanma "Qiziriq"ga nasib etdi

O‘zbekiston kubogi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Jayxun" va "Sho‘rtan" - "Qiziriq" uchrashuvlari yakunlandi. 

Toshkentda kechgan bahsda "Bunyodkor" o‘ta yirik 7:0 hisobida zafar quchdi. G‘uzordagi o‘yinda esa kutilmaganda "Sho‘rtan" Birinchi liga klubi "Qiziriq"ga mag‘lub bo‘ldi va guruhdan chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. 

Shu tariqa, 5 ochkosi bor "Bunyodkor" va "Qiziriq" pley-offga yo‘l oldi. To‘plar farqiga ko‘ra "qaldirg‘ochlar" peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!