O‘zbekiston kubogida faqat ikki jamoa guruhni yuz foizlik natija bilan yakunladi

O‘zbekiston kubogida guruh bosqich bahslari yakuniga etdi. Unda pley-offga chiqqan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. 

Ahamiyatlisi, guruh bosqich o‘yinlarida faqatgina ikki jamoa yuz foizlik natija qayd eta oldi. Ular Jizzaxning "So‘g‘diyona" va Nukusning "Aral" klublari hisoblanadi, mazkur jamoalar o‘tkazilgan 3 bellashuvning barchasini g‘alaba bilan yakunladi. 

Ma’lumot o‘rnida, "So‘g‘diyona" ayni payt Superligada 8 ochko bilan 6-o‘rinni band etib turibdi. "Aral" esa Pro ligada 7 ochko bilan 5-pog‘onadan joy olgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!