O‘zbekiston terma jamoasining mag‘lubiyatsiz seriyasi nechtaga etdi?

Osiyo kubogi 3-turi doirasida Avstraliya va O‘ZBEKISTON terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 

Dastlab, "yashil qit’a vakillari" Boylning penaltidan urgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo 79-daqiqada Aziz Turg‘unboev baland sakrab, boshi bilan gol urdi va muvozanatni tiklab qo‘ydi. 

Shu tariqa, ikki jamoa ham pley-off masalasini hal qildi. Avstraliya 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, O‘zbekiston 2-pog‘onani band etdi. Ushbu g‘alaba orqali "oq bo‘rilar"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 10 taga etdi.

Katanets shogirdlari so‘nggi marta AQShga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan edi. O‘shandan beri termamiz 10 ta bellashuvning 6 tasida g‘alayua va qolgan 4 bahsda durang natija qayd etgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!