O‘zbekistonlik bokschi Menni Pakyao bilan bitta jang kechasida ringga ko‘tariladi (Video)

  • 22 oktabr, 2022, 14:13
  • 0
  • Boks

10 dekabr kuni Janubiy Koreyaning Seul shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi. Ushbu boks oqshomining markaziy jangida afsonaviy Menni Pakyao (62-8-2,39 KO) o‘ziga xos ko‘rgazmali jangda koreyalik bloger Di Ke Yo bilan to‘qnash keladi. 

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, ushbu kechaning anderkardida o‘zbekistonlik bokschi ham ringga ko‘tariladi. Ya’ni, Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladigan, Abdurasul Ismoilov navbatdagi jangini o‘tkazadi. Ismoilov hozirda yosh va iste’dodli murabbiylar Bobur hamda Muhammadyusuf Najmiddinov qo‘l ostida jangga hozirlik ko‘rmoqda. Tayyorgarlikning 2-bosqichi noyabr oyidan boshlab, Vetnamda tashkil etiladi. Hozircha raqib ma’lum emas, tez orada bunga ham oydinlik kiritiladi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Ma’lumot uchun, Abdurasul Ismoilov professional boksning super engil vazn (61,2 kg) toifasida faoliyat olib boradi. Hozirga qadar, 10 ta jang o‘tkazib, 9 tasida g‘alaba qozongan. Janglarning 5 tasini muddatidan avval yakunlagan. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!