2026-yilda Shimoliy Amerikada o‘tkazilishi rejalashtirilgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun Osiyo qit’asi saralash uchrashuvlari joriy yilning oktyabr oyida boshlandi. Ahamiyatli jihati, ushbu saralash bahslari uchun bir necha nafar hakamlarimiz hamda nazoratchilarimiz tayinlov olishgan.

Saralashning 1-turidan o‘rin olgan Filippin – Vetnam bahsini boshqarish uchun 3 nafar hakamimiz - Rustam Lutfullin (bosh hakam), Alisher Usmonov va Ruslan Serazitdinov (ikkisi yordamchi hakam) FIFA tomonidan tayinlandi. Shuningdek, shu tur doirasidagi Avstraliya – Bangladesh uchrashuvi uchun hakamlarimiz — Ahrol Risqullaev (bosh hakam), Sanjar Shoyusupov va Andrey Sapenko (yordamchi hakamlar) tayinlov oldi. 2-tur doirasidagi Myanma – Shimoliy Koreya o‘yinida Ilgiz Tantashev (bosh hakam), Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin ishlashi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 2-turdan o‘rin olgan Nepal – Yaman bahsida hakamlar nazoratchisi sifatida vakilimiz — Valentin Kovalenko ishlashi belgilangan.

Quyida ular boshqaradigan uchrashuvlar ma’lumotlari bilan tanishing:

JCh-2026 saralashi | Osiyo mintaqasi, "F" guruhi, 1-tur
Filippin – Vetnam 
16.11.2023 | 19:00

Hakamlar:

Rustam Lutfullin
Ruslan Serazitdinov
Alisher Usmonov

rrr

Osiyo mintaqasi, "I" guruhi, 1-tur
Avstraliya – Bangladesh
16.11.2023 | 20:00

Hakamlar:

Ahrol Risqullaev
Sanjar Shoyusupov
Andrey Sapenko

dd

Osiyo mintaqasi, "V" guruhi, 2-tur
Myanma – Shimoliy Koreya 
21.11.2023 | 16:00

Hakamlar:

Ilgiz Tantashev
Andrey Sapenko
Timur Gaynullin

naa

Osiyo mintaqasi, "H" guruhi, 2-tur
Nepal – Yaman 
21.11.2023 | 19:00

Nazoratchi:

Valentin Kovalenko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!