O‘zbekistonlik jangchi One Championship promoushenida oktagonga ko‘tariladi.Ertaga jang!

  • 2 iyun, 2022, 13:24
  • 0
  • MMA

Ertaga Singapurda jahonning nufuzli  ONE Championship promousheni navbatdagi turnirini o‘tkazadi.

Mazkur jang kechasida hamyurtimiz Jasur Mirzamuhammedov ham o‘z jangini o‘tkazadi.

Og‘ir vaznli jangchimiz Avstraliya vakili Duke Didier bilan to‘qnash keladi. Avstraliyalik sportchi faoliyati mobaynida 8 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, hamyurtimiz 5 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. 

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, Jasur Mirzamuhammedov ushbu nufuzli promoushen bilan shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik ilk sportchi hisoblanadi. Yurtdoshimizga debyut jangida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

283684585_697265758194239_7273519751658638110_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!