O‘zbekistonlik yana bir sportchi Parij-2024 Olimpiadasiga litsenziyani qo‘lga kiritdi (Foto)

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Serbiyada o‘tayotgan jahon chempionatida navbatdagi medal va Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

-60 kg vazn toifasida kurash olib borgan Islomjon Bahromov ana shunday yutuqlar bilan yurtimizga qaytadigan bo‘ldi.

photo_2023-09-23_20-16-26

Hamyurtimiz o‘tish bosqichida gruziyalik Pridon Abuladzeni, bronza medali uchun bahsda esa eronlik Mehdi Muhsinnajodni mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Shu tariqa, terma jamoamizning mazkur musobaqadagi medallari 2, Parij-2024 litsenziyalari esa 3 taga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!