Paralimpiya. Para suzuvchilarimiz Qohira ochiq chempionatida ishtirok etadi

Joriy yilning 22-30 noyabr kunlari Misr poytaxti Qohira shahrida para suzish bo‘yicha Qohira ochiq chempionati o‘tkaziladi.

Bugun O‘zbekiston para suzish terma jamoasi a’zolari ham ushbu musobaqada ishtirok etish uchun Misrga jo‘nab ketdi.

Quyida Qohira ochiq chempionatida ishtirok etadigan para suzuvchilarimiz bilan tanishtirib o‘tamiz:

Shoyatbek Odilov
Sardor Baxtiyorov
Baxtiyor Ortiqov
Abdulaziz Hayrullaev
Sultonbek Nuritdinov
Saidakbar G‘oziev
Azizaxon Karimova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!