"Paxtakor" 10 ming dollar jarimaga tortildi, Jabborov 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
Osiyo futbol konfederatsiyasi intizom va ahloq qo‘mitasining so‘nggi qarorlari e’lon qilindi.
O‘zbekiston U20 terma jamoasi a’zosi Shahriyor Jabborov 2023 yilning 17 aprelidan boshlab taqiqlangan dorilarni iste’mol qilgani uchun 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi futzalchisi Ilhom Hamroev Malayziyaga qarshi Osiyo Kubogi saralash o‘yinida qizil kartochka olgani uchun 10 ming dollar jarimaga tortildi.
"Paxtakor" Chempionlar ligasi doirasidagi "Al-Ayn"ga qarshi o‘yin vaqtida va bahs yakunlangandan keyin maydonga ikki muxlis yugurib chiqqani uchun 10 000 dollar jarimaga tortildi.
Fikrlar
Мана буни шаффофлик деса булади, ПАХТАЧИЛАР ГАЗИНИ БОСИНГ ЧИМПИОНЛАР! КАНИ ХАКАМЛАР БУГУН НАВБАТ НАСАФГА ким КИЗИЛ ОЛАДИЮ, ким САРИК. ёки ПЕНАЛЬТИ!! Р. БЕРДИЕВга худодан кушимча ирода тилаб коламиз АСАБЛАРИНИ БУЗМАСДАН УЙИННИ ХОТИРЖАМ УТКАЗСИН, ШУНИНГДЕК МАЙДОНДАГИ УЙИНЧИЛАРГА ХАМ, ЙИГИТЛАР БАРДАМ БУЛИНГЛАР ОЛДИНДА ОЧЛ ШАРЖА билан УЙИН
БОР ЭЛЕМЕНТАР ПРОВАКАЦИЯГА УЧМАНГЛАР ! РУХИЯТНИ ЯХШИЛАБ ОЛИНГЛАР СИЗЛАР ПАХТАЧИЛАРГА ЭМАС БУТУН УЗБЕКИСТОНГА КЕРАК ОЛГА НАСАФ БИЗ СИЗ БИЛАН