Peshqadam bo‘lib turgan "Neftchi" muxlislari uchun ajoyib xushxabar! (Foto)

  • 3 aprel, 2023, 20:55
  • 0
  • Futbol

"Neftchi" futbolchisi Lutfulla To‘raev jarohatidan tiklanib, safga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabaringiz bor, "Neftchi" yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada boshlagan, jamoaning tajribali va etakchi yarim himoyachisi Lutfulla To‘raev ana shu yig‘inlarda faol ishtirok etib, qattiq jarohat olgan va operatsiya qilingan edi.

O‘tgan vaqt mobaynida u salomatligini tiklab, yana jonajon jamoasi safida jangovar harakatlarni davom ettirishga puxta shaylandi. Lutfulla jamoaning navbatdagi rasmiy uchrashuvga tayyorgarlik yuzasidan olib borgan bugungi mashg‘ulotlarida ilgarigidek faol ishtirok etib, o‘zini ko‘rsatdi.

lutf

luti

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!