Prevyu. "So‘g‘diyona" - "Navbahor"

O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “So‘g‘diyona” (Jizzax) mehmoni bo‘ladi.

Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatlarining  Cuperliga (oliy liga)sida o‘zaro 56 marta uchrashishgan. Ushbu o‘yinlarning 26  tasida “Navbahor”  g‘alaba qozongan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 22 ta bahsda zafar quchgan, 8 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan.

To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 93-64, “Navbahor”foydasiga.

Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 86 ochkoni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, jizzaxliklar hisobida 74 ochko mavjud. 

2000 yili Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 6:3 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, 2014 yili Jizzaxda o‘tkazilgan bahsda “So‘g‘diyona” 5:4 hisobida g‘alaba qozongandi.

Jizzaxda shu paytgacha bo‘lib o‘tgan 28 bahsning 20 tasida mezbonlar g‘alaba qozonib, 4 ta uchrashuvda durangga imzo chekishgan hamda 4 ta bahsda mag‘lubiyatga uchrashgan.

“So‘g‘diyona”ning o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan o‘yinlaridagi to‘plar nisbati – 47-30, mezbonlar foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, “So‘g‘diyona” – “Navbahor” o‘yini 12 may kuni Jizzaxdagi “So‘g‘diyona” markaziy stadionida soat 19:00 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
10/05/2024 19:07
So‘g‘diyonaga OMAD!