PSJ vakillari Xvichaning agenti bilan muzokaralarga kirishdi

"Napoli" futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Sports" nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, gruziyalik hujumkor yarim himoyachining agenti bilan PSJ vakillari muzokaralarga kirishgan. Katta ehtimol bilan yozda ushbu transfer amalga oshadi. Ammo hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy kelishuv maveuj emas. 

Eslatib o‘tamiz, Kvaratsxeliya joriy mavsum A Seriyaning 31 o‘yinida 10 gol va 6 assist muallifi bo‘ldi. Uning "Transfermarkt" portalidagi narxi 80 million evroni tashkil etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!