PSJ Vitinya bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Frantsiyaning PSJ klubi yarim himoyachi Vitinya bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, Parij jamoasi rahbarlari portugaliyalik xavbek bilan 2029 yilning yoziga qadar yangi shartnoma imzolamoqchi.

Vitinyaning "qizil-ko‘klar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Biroq Luis Enrike o‘z jamoasida futbolchini uzoqroq muddatga o‘ynashini istamoqda. 24 yoshli yarim himoyachi 2022 yilning yozida "Portu"dan 41,5 million evro evaziga Parijga ko‘chib o‘tgandi.

Frantsiya chempionatining ushbu mavsumida Vitinya 27 ta bahsda qatnashib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Evropa chempionlar ligasi doirasidagi bellashuvda Vitinya eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘ldi va jamoasini keyingi bosqichgat chiqishiga ulkan hissa qo‘shdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!