Rasman! Kilian Mbappe PSJni tark etishini e’lon qildi

Har transferlar oynasida ochilganida Kilian Mbappening "Real"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar va xabarlar internet olamini egallab oladi. Vanihoyat bu voqelik amalga oshishga yaqin turibdi. 

Rasman Kilian Mbappe PSJni mavsum so‘nggida tark etishini e’lon qildi. U quyidagi so‘zlar ila jamoa muxlislari bilan xayrlashdi:

"Bu qiyin. Men Frantsiya, Liga 1'ni tark etayotganimni ma’lum qilish bunchalik mushkul ish ekanligini bilmagandim, lekin menga 7 yildan so‘ng yangi chaqiruv kerak deb o‘ylayman".

Mbappe 2017 yilda parijliklar safiga kelib qo‘shilgandi. Bir yildan keyin klub uni 180 million evroga sotib olgan. Shundan beri futbolchi PSJ tarkibida 306 ta o‘yin o‘tkazib, 255 ta gol urdi va 108 ta assist amalga oshirdi. Shu bilan birga, 6 marta milliy chempionat, 3 bora Frantsiya kubogiga ega chiqdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!