"Real" Devis bilan og‘zaki kelishuvga erishdi

"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis "Real Madrid"ga o‘tishga rozi bo‘ldi. "The Athletic" nashrining xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" "qizillar" futbolchisi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan.

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" kanadalik himoyachini yozda o‘z safiga qo‘shib oladi. Devisning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirida yakuniga etadi. Oldinroq myunxenliklar uni sotishdan 50 million evro ishlab olmoqchi ekani xabar qilingandi.

Germaniya chempionatining joriy mavsumida 23 yoshli himoyachi 18 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali Alfonsoni 70 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!