"Real" himoyachisi bilan shartnomani yangilash arafasida

2008 yildan beri "Real" safida to‘p tepib kelayotgan Lukas Vaskes yana bir yil jamoada qoladigan bo‘ldi. 

Insayder Matteo Moretto xabar berishicha, Madrid klubi ispaniyalik futbolchi bilan 2025 yilgacha amal qiladigan bitim imzolash arafasida. Tomonlar o‘rtasida muzokaralarning so‘nggi qismi bo‘lib o‘tyapti. 

Dani Karvaxal o‘rnini munosib tarzda to‘ldira olayotgan Lukas ushbu yozda ham "qaymoqranglilar"ni tark etishi mumkin edi. Unga bir qator MLS va Saudiya jamoalaridan qiziqishlar bo‘lgan. Ammo himoyachi Ispaniyada qolishni tanladi. 

Garchi Vaskes asosiy tarkib a’zosi hisoblanmasa-da, mazkur mavsum "Real" tarkibida 34 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi. Shu bilan birga, 2 ta gol urib, 6 ta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahrom Yunusov
06/05/2024 01:13
Hujumkor yarim himoyachi edi butkul himoyachi bop qoldi