“Real” yana bir katta transferni hal qildi

“Real” himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devisni transfer qilishga urinatgan edi.

Ispan ommaviy axborot vositalari madridliklar 23 yoshli futbolchini “Real”ga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirganini yozmoqda.

Manbalarga ko‘ra, tomonlar futbolchining shaxsiy shartnomasi bo‘yicha barcha masalalarga oydinlik kiritgan va Devis Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishga tayyor.

Endi “Qirollik klubi” Myunxen superklubini o‘yinchini qo‘yib yuborishga ko‘ndirishi kerak. Ispaniyaliklar iste’dodli o‘yinchi uchun 25-50 million evro sarflashni mo‘ljallayapti.

“Bavariya” esa, tezkor futbolchini kamida 50 million evroga qo‘yib yuborishi mumkinligi aytilmoqda. Devisning amaldagi bitimi 2025 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!