"Roland Garros". Ayollar bahslaridagi g‘olib nomi 2 setda aniqlandi

  • 5 iyun, 2022, 00:07
  • 0
  • Tennis

Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" tasnifidagi "Rolan Garros" turnirining ayollar o‘rtasidagi bahslarida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda musobaqaning 1-raqamli raketka ustasi Iga Shvyontek AQSh sharafini himoya qilgan 18-tartib raqamdagi Kori Gauffga qarshi kortga chiqdi. O‘yin kutilganidek, polshalik tennischining katta ustunligi ostida o‘tdi va favorit yakunda 6:1, 6:3 hisobida zafar quchdi.

Ma’lumot uchun, Frantsiya ochiq chempionatining erkaklar bellashuvlari finali bugun, 18:00 da start oladi. Unda Nadal hamda Kasper Ruud o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!