"Roland Garros". Ayollar o‘rtasidagi bahslarda finalchilar aniqlandi

  • 3 iyun, 2022, 00:27
  • 0
  • Tennis

Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Frantsiya ochiq chempionatining ayollar bahslarida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Yarim finalning dastlabki bellashuvida italiyalik Martina Trevizan hamda AQSh vakilasi Kori Gauff o‘zaro bahs olib bordi. Unda okeanortidan tashrif buyurgan sportchi 6:3, 6:1 hisobida zafar quchdi.

Ikkinchi finalchi turnirning birinchi raqamli raketka ustasi Iga Shvyontek katta qiyinchiliksiz Darya Kasatkinadan ustun keldi, yakuniy hisob - 6:2, 6:1.

Endi Shvyontek va Gauff o‘rtasidagi hal qiluvchi to‘qnashuv 4 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!