"Roland Garros". Istomin-Federer uchrashuvi 3 set davom etdi

  • 1 iyun, 2021, 16:11
  • 2
  • Tennis

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi etakchisi Denis Istomin "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Frantsiya ochiq chempionatida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Musobaqa asosiy to‘rining birinchi raundidan o‘rin olgan uchrashuvda vakilimiz 8-tartib raqam ostida saralangan Rojer Federerga qarshi kortga chiqdi. 3 set davom etgan o‘yinda tajribali "Maestro" 6:2, 6:4, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Federer 2-bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Endi u xorvatiyalik Marin Chilichni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv 2 iyun sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
abduxoliq
05/07/2021 10:08
O‘zbek xalqi va muxlislarinh sen bilan
&
abduxoliq
05/07/2021 10:08
Dinis olg‘a