"Roland Garros". Nadal va Zverev o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi muddatidan oldin yakunlandi. Tennischi kortni maxsus aravachada tark etdi (video)

  • 3 iyun, 2022, 21:27
  • 0
  • Tennis

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida ilk finalchi nomi ma’lum bo‘ldi.

Qumli kortlar qiroli sifatida e’tirof etiladigan Rafael Nadal Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqdi va dastlabki setni 7:6 (10:8) hisobida o‘z foydasiga hal etdi.

Tomonlar ikkinchi setda ham teng o‘yin namoyish etdi va tay-brekka qadar etib bordi. Ammo germaniyalik tennischi oyog‘idan jiddiy jarohat oldi va bahsni davom ettira olmadi.

Shu tariqa, Rafa texnik g‘alaba bilan finalga yo‘l oldi.

photo_2022-06-03_21-16-51

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!