"Rubin" klubi Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarimizga sovg‘a berdi!

Kecha RPLning 27-turi doirasidagi TsSKA - "Rubin" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

Rojkov hisobni ochgan bo‘lsa, Fayzullaev tenglashtirib qo‘ydi. 74-daqiqada Chalov "armiyachilar"ni oldinga olib chiqqandi, lekin 90+2 daqiqada Daku mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. 

Qozonliklar safida harakat qilayotgan legionerlarimiz Umarali Rahmonaliev va Rustam Ashurmatov zaxirada qoldirildi. Mazkur uchrashuvdan keyin turnir jadvalida moskvaliklar 8, kozonliklar esa 9-o‘rinda borishmoqda. 

Xabaringiz bor, Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi va bundan tashqari Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Unda Abbosbek Fayzullaev va Umarali Rahmonaliev ham qatnashdi. Rahmonaliev turnir boshlanishidan avval jamoamiz safiga borib qo‘shilgandi. Fayzullaev esa guruh bosqichining so‘ngi Vetnamga qarshi bellaushividan boshlab tarkibga qo‘shildi. Kechagi o‘yinda "Rubin" klubi Olimpiadaga yo‘l olgan futbolchilarimizga frantsuz tili qo‘llanmasini ramziy tarzda topshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
07/05/2024 21:29
Шуям нашрга чиқариладиган янгиликми? Машина бермабдику, ҳар ҳолда? Ундан кўра, Англииядаги ўсмирларимиз ҳақида, хабар беринглар.