Sarvarbek Rahmonberdiev Osiyo chempionati kumush medal sohibi!

Xabar berib o‘tganimizdek, ayni kunlarda Abu-Dabi shahrida jiu-jitsu bo‘yicha kattalar o‘rtasida 8 va yoshlar o‘rtasida 1-Osiyo chempionati start oldi. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan bahslarda -56 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Sarvarbek Rahmonberdiev Newaza yo‘nalishida finalgacha barcha raqiblarini mag‘lub etib, hal qiluvchi bahsda biroz omad etishmadi va yakunda Osiyo chempionati kumush medalini qo‘lga kiritdi. Yana bir qator hamyurtlarimiz mazkur turnirda ishtirok etmoqda. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!