Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"

  • 3 may, 17:12
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, 4 may kuni professional boks olamida super janglardan biri o‘tkaziladi. Ya’ni, 76,2 kg vazn toifasida 4 ta kamar uchun meksikalik Saul Alvares Xayme Mungiaga qarshi ringga ko‘tariladi. Mazkur jangga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida Alvares sobiq promouteri Oskar de la Xoya bilan bilan tortishib qolishdi.

"U meni haqoratladi. Men esa buni shunchaki eshitib o‘tirmadim. Agar u oldimga kelganida zarba yo‘llagan bo‘lardim. Jiddiy aytyapman. U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan. Barcha e’tiborni o‘ziga qaratmoqchi bo‘ladi.

U Mungiyaga, faoliyatidagi eng zo‘r hafta ekanligiga tupurib qo‘ygan. Xaymeni faoliyatidagi eng katta jang kutayotganligi ham uning uchun bir tiyin. Oskar faqat o‘zi haqida o‘ylaydi", - dedi Saul Alvares.

Malumot uchun, Saul Alvares avvalroq Golden Boy promouterlik kompaniyasi va Oskar de la Xoyya bilan hamkorlik qilgan. Biroq, tushunmovchiliklar sabab ular hamkorlikni tugatishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!