Shimoliy koreyalik futbolchi "Yuventus"ga o‘tdi(FOTO)

  • 2 sentabr, 2019, 21:40
  • 0
  • Futbol

"Kalyari" hujumchisi Xan Kvan Son faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.

Turin klubi Shimoliy koreyalik futbolchining transferini e’lon qildi.

Avvalroq, Xan Kvan Sonning transferi 5 mln evroga baholanayotgan edi.

20 yoshli futbolchi avvaliga asosiy jamoa bilan mashg‘ulot o‘tashi va keyinchalik yoshlar jamoasida to‘p tepishi kutilmoqda. Shu bilan birga, vaqti-vaqti bilan asosiy jamoada ham ko‘rinish berib turadi.

EDd1RhnXsAEw_K2EDd1Ri5XkAAjWcL

Xan Kvan Son 2017 yildan beri Italiyada faoliyat yuritib kelmoqda. U Italiyada gol urgan dastlabki KHDR futbolchisi hisoblanadi.

O‘tgan mavsumni ijara asosida B Seriyaning "Peruja" klubida o‘ynadi va 20 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!