Shohjahonning raqibi jangdan so‘ng kasalxonaga tushdi
Xabaringiz bor engilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev amerikalik Soni Fredriksonni uchinchi raundda nokautga uchratib, 12 jangida g‘alaba qozongan edi.
Mazkur jangda Shohjahonning kuchli zarbalariga raqibining jag‘i dosh bera olmay cingan va Soni jangdan so‘ng to‘g‘ri shifoxonaga yotqizilgan.
– Sonini jangdan so‘ng to‘g‘ri kasalxonaga olib ketishdi. Keyin uning ahvoli haqida so‘raganimda jag‘i cinganini aytishdi. Nima bo‘lsa ham unga shifo tilayman, – deydi Shohjahon Ergashev Sports.uz internet portaliga bergan xabarida.

Fikrlar