Shomurodovdan xabar keldi...

Eldor Shomurodov bugungi kunda O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng muhim o‘yinchisi ekaniga shubha yo‘q. 28 yoshli futbolchi buni 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatining Osiyo mintaqasi saralash turniri guruh bahslarida isbotlab kelmoqda.

Srechko Katanets shogirdlari Eron, Turkmaniston va Gonkong terma jamoalari joy olgan “E”guruhida to‘rtta uchrashuvdan 10 ochko to‘plab, muddatidan oldin keyingi bosqich yo‘llanmasi va 2027 yili Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Osiyo kubogi final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Eldor Shomurodov to‘rtta o‘yindan uchtasida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi va hujumchimiz to‘p kiritgan uchala bahsda terma jamoamiz g‘alabani nishonladi.

Lekin Toshkentda gonkongliklar bilan bo‘lgan oxirgi o‘yin muxlisu mutaxassislarda ozgina xavotir uyg‘otdi. Shomurodov bellashuv davomida yaqinda operatsiya qilingan oyog‘idan zarba egandi.

Eldor “Kalyari” ixtiyoriga jarohat bilan qaytdi.

Sardiniya klubi tibbiyot xizmati vakillari darrov futbolchini o‘z nazoratiga oldi. Italiya matbuoti vaziyatni kuzatmoqda.

Nihoyat, calciocasteddu.it sayti eksperti Jakomo Dessi “Kalyari” ichidagi holat bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni tarqatdi. Asosiy e’tibor Eldor Shomurodovga qaratildi. Chunki legionerimiz klubning so‘nggi ikki o‘yinida asosiy figuralaridan biriga aylanib qolgandi.

- “Kalyari” lazareti ancha bo‘shab qoldi. Hatto terma jamoadan jarohat bilan kelgan Eldor Shomurodov ham safga qaytdi. Oyog‘i biroz shikastlangan futbolchi jamoa bilan birga shug‘ullandi va endi Shomuodov dushanba kuni bo‘ladigan bahsda qatnashish imkoniga ega.

Uchrashuvda qatnashadiganlar qatoriga Yerri Mina ham qo‘shilishga yaqin. U so‘nggi mashg‘ulotni qisman umumiy guruhda o‘tkazdi. Jismoniy holatini kuchaytirib olish uchun yana hali o‘yingacha etarli darajada vaqti bor.

Jarohatidan qutilgan Luvumbo va Gaetano hafta davomida qattiq shug‘ullandi va yuklamalarni ko‘tarishda muammoga duch kelgani yo‘q.

Hozircha, uzoq muddat davolanishi kerak bo‘lgan Pavoletti, Petanya va Mankosu kabi futbolchilar lazaretda qolmoqda, - deb xabar berdi Jakomo Dessi.

“Kalyari” muxlislari ham Eldor Shomurodov jarohati bo‘yicha o‘z munosabatlarini bildirmoqda.

Maksimilian Rossi:

Yaxshi o‘zgarishlar ko‘paysa, bo‘lajak o‘yinlarda uch ochko olish imkonimiz ham oshadi.

Karalis 52:

Ancha engil tortdik. Endi “Verona” bilan o‘yinga otlanish kerak.  

Sapata:

O‘zbek futbolchisi zo‘r formada, dushanba kuni “Verona”ni engamiz.

Klod:

Hammamiz jamoani qutqarib qolishga harakat qilishimiz shart.

Andrey:

“Verona” bilan o‘yin uchun Shomurodov juda kerakli figura. Eldor Luvumbodan tashqari hujumda yugurib o‘ynaydigan yagona futbolchi.

Valerio Antsiate:

“Verona” ligada qolish uchun kurashdagi to‘g‘ridan to‘g‘ri raqib. Shomurodovning yo‘qligi katta muammo tug‘dirardi.

“Kalyari” va “Verona” uchrashuvi 1 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Илҳом
31/03/2024 18:05
Ertaga "Italiyada Shomurodov haqida nima deyishyapti" deb chiqar, indinga "Muhim! Shomurodovning jarohati haqida" deb chiqar. Shunday qilib xabarni majburlatib o‘qit. Sharmandalar!
Эргашев Файзулло
29/03/2024 22:17
Яна Эски хабар шу болани санлар синдиряпсан Хар хил гаплар Билан Энди Икки хил пайпокда тураркан деб ёзиш
Sag'indiq Kenjebaev
29/03/2024 23:55
1
&
Rescara
30/03/2024 04:09
1 та маколани 4 хил сарлавхада чикарасанлар озгина уялларинг. Янгилик тополмасанг ёзма ундан кура.
&
Rescara
30/03/2024 04:09
1 та маколани 4 хил сарлавхада чикарасанлар озгина уялларинг. Янгилик тополмасанг ёзма ундан кура.
Pardayev Shavkat
30/03/2024 10:57
Бу бизда спорт журналистларига теккан касаллик, ёки ночорлик, ёки лаёқатсизлик, ёки боримиз шу. Туядан от ясаб бўлмайди.
&
voxid tursunov
30/03/2024 21:36
Булар туяданмас зебрадан от ясаворади.