Sport kurashlari. O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi Parij-2024 yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi

Turkiyaning Istanbul shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon litsenzion turniri davom etadi. Bugun ayollar kurashi bo‘yicha saralash bahslari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi Parij-2024 yo‘llanmalari uchun kurash olib boradilar. Bugun gilamga chiqadigan yurtdoshlarimiz va ularning ilk raqiblari bilan tanishing:

-53 kg: Shohida Ahmedova – Yusneyri Agrazal (Panama)
-57 kg: Laylo Sobirova – Mariya Svetanova (Makedoniya) / Evelina Xulten (Shvetsiya)
-68 kg: Nabira Esenbaeva – Danute Domikaitite (Litva) / Linda Morais (Kanada)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!