Sport kurashlari. Vakillarimiz litsenzion turnirda ishtirok etmoqda

O‘zbekistonlik sportchilarning Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi musobaqalari davom etmoqda. Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon litsenzion turniri boshlandi. Parij Olimpiadasi o‘yinlariga litsenziya berishi bilan ahamiyatli hisoblangan ushbu turnirning dastlabki kunida yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilishi belgilangan. 

Ushbu musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari - Mahmud Baxshulloev hamda Jalgasbay Berdimuratov final bosqichi yo‘llanmasi uchun gilamga chiqadi. Ular musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi: 

-67 kg:

Mahmud Baxshulloev – Dinmuhammad Koshkar (Qozog‘iston)
-87 kg:

Jalgasbay Berdimuratov – Gans Vagner (Germaniya)

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar 6 nafar O‘zbekiston vakili Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini naqd qilgan. Bular:

Yunon-rum kurashi

Islomjon Bahromov -60 kg

Aram Vardanyan -77 kg

Rustam Assakalov -97 kg

Erkin kurash

G‘ulomjon Abdullaev -57 kg

Bekzod Abdurahmonov -74 kg

Javrail Shapiev -86 kg

Baxtiyor Toshtemirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!