Steshevich: "Gol ura olmayapmiz. O‘rinboevning yo‘qligi ham sezilmoqda"

  • 23 noyabr, 2023, 19:54
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston Superligasi 25-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdan keyin "ma’danchilar" bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. O‘ylashimcha, bugun raqibdan yaxshi harakat qildik. Bir vaziyatni o‘ztkazib yubordik va darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Bahs so‘nggiga qadar kurashdik, ammo muvozanatni tiklay olmadik. O‘tgan tur "Surxon" ham yagona xatomizdan foydanib ketgan edi. Bugun "Bunyodkor" bilan bellashuvda ham holat takrorlandi. Jamoamning o‘yinida pasayish bor deb o‘ylamayman.

Afsuski, gol ura olmayapmiz. O‘rinboevning yo‘qligi ham sezilmoqda. Bugun sog‘lig‘i bilan muammolar sabab G‘ofurbekov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmadi", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!