"Strandja": Chorak finalni o‘zbekistonlik bokschilar "yondirdi" yoxud 10 ta jang va 10 ta g‘alaba!

  • 9 fevral, 21:39
  • 0
  • Boks

Bugun Bolgariyada bo‘lib o‘tayotgan xalqaro "Strandja" turniri doirasida 10 nafar bokschilarimiz yarim final yo‘llanmasi uchun bahslarga kirishishdi. Kechagi janglardan so‘ng hozircha 4 nafar bokschimiz yarim final bosqichiga chiqib ulgurishgandi. Quvonarlisi, bugun ringga ko‘tarilgan barcha vakillarimiz g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Birgina Hasanboy Do‘smatovning raqibi chiqmaganligi sababli keyingi bosqichga o‘tgan bo‘lsa, qolgan 9 bokschimiz chiroyli janglari  bilan barchani xursand qildi va g‘alabali odimlarini davom ettirdi. Demak, bokschilarimiz ushbu raqiblarini chorak finalda mag‘lub etdi.

-51 kg Asilbek Jalilov - Rigi Mostafa (Eron) 5:0

-54 kg Hasanboy Do‘stmatov - Davit Egoryan (Armaniston) – raqib chiqmadi.

-54 kg Hujanazar Nortojiev - Lalit (Hindiston) 5:0

-57 kg Shahzod Muzafarov - Daniyal Shahbahsh (Eron) 5:0

-60 kg Dilshod Abdumurodov - Maksim Vlasiuk (Ukraina) 4:0

-60 kg Abdumalik Halokov - Ruslan Kuzeubaev (Qozog‘iston) 5:0

-63,5 kg Adhamjon Muhiddinov - Erassil Tankay (Qozog‘iston) 5:0

-71 kg Iqboljon Holdorov - Eskerhan Madiev (Gruziya) 5:0

-75 kg Fazliddin Erkinboev - Nurkanat Rayis (Qozog‘iston) 4:1

-75 kg Javohir Ummataliev - Deepak (Hindiston) 5:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!