Superliga. "Bunyodkor" o‘z maydonida "Metallurg"dan ustun keldi

  • 23 noyabr, 2023, 17:54
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston Superligasi 25-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona gol 65-daqiqada Jasur Hakimov tomonidan kiritildi. Unga Shohrux Abdurahmonov assistentlik vazifasini bajardi. 

Shu tariqa, 34 ochkosi bor "qaldirg‘ochlar" 8-pog‘onadan joy egalladi. Bekobodliklar esa 27 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!