Superligaga qaytgan "Dinamo" "Neftchi" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 19 dekabr, 2023, 18:42
  • 2
  • Futbol

Farg‘onaning "Neftchi" klubi futbolchisi Lutfulla To‘raevning kelajagi ko‘pchilik uchun qiziq. SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevnig xabar berishicha, To‘raevning oldida ikki variant bor.

"Lutfulla To‘raev shu kunlarda juda murakkab tanlov qilishga majbur.

Unga "Neftchi" klubi bosh murabbiy yordamchiligini taklif qilingan. Ya’ni, 35 yoshli yarim himoyachi butsalarni mixga ilgan holda murabbiylikka ko‘chib o‘tishi kerak.

Superligaga chiqqan "Dinamo" esa, To‘raevni futbolchi sifatida jamoada ko‘rishni istamoqda. Shaxsan Vadim Abramov tajribali yarim himoyachiga taklif yuborgan.

To‘raev uchun ikki variantdan birini tanlash oson bo‘lmasligi aniq", deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
19/12/2023 22:17
Динамога йуколсин.ердамчи мураббий керакмас.пеналтини уролмагандан бери эсласам давления буляпман хозиргача.уша куни урганда галаба ва 3 урин учун имкон бор эди.
&
Rostgoy
19/12/2023 18:45
Ашурматов ёши ман билан тенг деганмиди