"Surxon" yangi futbolchilarni Ligada ro‘yxatdan o‘tkazdi

"Surxon" klubi o‘z safiga to‘rt futbolchini qo‘shib oldi. Tajribali Egor Krimets termizliklar bilan bir yillik kelishuvga erishdi. Shuningdek, jamoa Sarvar Abduhamidov, Nodirxon Nematxonov va Ulug‘bek Hoshimov bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Bundan tashqari, "uchar tulporlar" Kamron Saydazimov bilan bitimni bir, Abduqodir Amirqulov bilan ikki, Artyom Potapov hamda Silvanus Nimeli bilan esa bitimni uch yilga uzaytirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!