Suv polosi. Toshkent O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 25-29 oktyabr kunlari poytaxtimizdagi Respublika oliy sport mahorati maktabining suzish havzasida suv polosi bo‘yicha 2008-2009-yillarda tavallud topgan sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Mazkur musobaqada Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm, Namangan, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridan kelgan jami 16 ta jamoa ( 11 ta erkaklar va 5 ta ayollar) sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqalar ikki guruhda bo‘lib o‘tadi. “A” guruhidan Namangan, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, ROSMM, “Germes” va Toshkent shahar Yakkasaroy tumani jamoalari o‘rin egallashgan bo‘lsa, “V” guruhidan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo viloyati, OZIBO‘SM, shuningdek, Toshkent shahar Yakkasaroy va Yunusobod tumani sport maktablarining jamoalari joy olishgan.

Qizlar jamoalari o‘rtasidagi musobaqalarda Toshkent shahri, Namangan, Xorazm viloyatlari, Xorazm shahri va “Germes” klubi sovrinli o‘rinlar uchun bahslarga kirishadilar.

Quyida 1-turda o‘zaro kuch sinashadigan jamoalar berilgan:

Qizlar jamoalari

Xorazm viloyati – “Germes”

Xorazm sh. – Toshkent sh.

O‘smirlar jamoalari

Namangan viloyati – “Germes”

ROSMM – Farg‘ona viloyati

Yunusobod tumani sport maktabi– Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Toshkent sh. – OZIBO‘SM

Sirdaryo viloyati – Yakkasaroy tumani sport maktabi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!