Tailandlik murabbiy: "O‘zbek jangchisida "qotilning yuragi" bor! (Video)

Ma’lumki, jahonning eng kuchli MMA, kikboksing va muaytay ustalari Tailandga borib, Tiger muaytay, Venum zallariga borib, o‘quv mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazadi. Albatta, o‘zbek jangchilari ham bundan mustasno emas. Yaqindagina bir qator o‘o‘zbekistonlik sportchilar Venum zaliga borib, mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

U erda tailandlik murabbiy Atxip Kotchasakdechar yurtdoshlarimiz bilan ishladi. Biz ushbu mutaxassisga bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- Janob murabbiy sizga O‘zbekistondan salomlar!

- Mendan ham salomlar bo‘lsin.

- Murabbiy sifatida qanchadan buyon faoliyat yuritasiz?

- 20 yildan buyon.

- "Venum" zali bevosita "Tayger muaytay" bilan raqobatchimi?

- Ha, albatta. Har ikkisi ham jahon yakkakurash olamidada o‘z o‘rniga ega.

- Qaysi UFC jangchilariga ham ustozlik qilgansiz?

- UFC dagilar bilan hali ishlamadim. ONE Championship vakillariga ustozlik qilaman.

- Orasida chempionlar bordir?

- 10 dan ortiq chempionlarni tayyorladim. Umuman men ko‘pgina mamlakatlarda Avstraliya, Singapur, BAA, Filippin va Xitoyda muaytaydan dars beraman.

- Yaqindagina o‘zbek muaytay olami yulduzi Mavlonbek Qahhorov bilan ishlaringiz. U haqida qanday fikrdasiz?

- U juda ham yaxshi. Chapaqay. Faoliyatimda chapaqaylar bilan juda yaxshi ishlaganman. U muaytay "qurol"larining barchasidan ustalik bilan foydalandi. Eng asosiysi esa, unda "qotilning yuragi" bor!

- Bilasizmi, futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailand bilan o‘ynaydi. Bu o‘yin borasida taxminingiz qanday?

- To‘g‘risi, bir nima deya olmayman.

-Venumda yana bir qator o‘zbekistonlik sportchilar bor. Ularni ham yaxshi bilasizmi?

- Yo‘q. Men Mavlonni taniyman.

- Vaqt ajratganingiz uchun rahmat.

- E’tibor uchun, minnatdorman!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!