Ten Xag MYuga o‘tishi kutilayotgan De Yong transferi haqida ma’lumot berdi

Niderlandiya terma jamoasi va "Barselona" klubi yarim himoyachisi Frenki De Yongning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik Ten Xag bu transfer barbod bo‘lgani haqida ma’lumot berdi. 

"Yarim himoya chizig‘ida De Yong va Kazemiro bo‘lishi kerak edi. Ular bir-biri bilan ajoyib juftlik hosil qilgan bo‘lardi. 

Agar siz "Ayaks"dagi kabi o‘yin kutayotgan bo‘lsangiz, Frenki aynan shu tipdagi futbolchi. Biroq biz har doim ham o‘zimiz istaganlarimizga erisha olmaymiz!", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!