Tennis. O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi o‘zgardi (foto)

  • 14 iyun, 2022, 21:06
  • 0
  • Tennis

Tennis bo‘yicha ATP reytingi yangilandi.

Unga ko‘ra, jahonning amaldagi birinchi raketkasi Novak Jokovich o‘z o‘rnini Rossiya vakili Daniil Medvedevga bo‘shatib berdi. Shuningdek, Aleksandr Zverev ham Novakdan o‘zib ketdi. Bungacha 6-o‘rinni egallab turgan Kasper Ruud bir pog‘ona yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi.

Bu safar O‘zbek tennisi uchun katta yangilik kuzatildi. Gap shundaki, Denis Istomin uzoq yillik peshqadamlikdan so‘ng o‘z o‘rnini Humoyun Sultonovga bo‘shatib berdi. Quyida vakillarimizning ATP reytingidagi pog‘onalari bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.

image_2022-06-14_21-04-28_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!