Terma jamoada o‘ynagan futbolchi uchrashuv paytida otib tashlandi

Boliviya terma jamoasining sobiq futbolchisi Serxio Xauregi Meksikadagi futbol uchrashuvi davomida otib ketildi.

Proceso nashrining xabar berishicha, havaskorlar o‘rtasidagi uchrashuvda qatnashgan 38 yoshli Xauregi suv ochib olish uchu maydonning chetiga keladi. O‘sha payt uning yoniga noma’lum shaxs yugurib kelib, futbolchiga o‘qotar quroldan olti marta o‘q uzadi.

Qotil noma’lum yo‘nalishda qochib ketgan. Uni to‘xtatishga hech kim jazm qila olmagan.

Serxio Xauregi 2012 yili professional faoliyatini yakunlagan edi. Himoyachi 2004-2005 yillar davomida Boliviya terma jamoasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Shu bahslardan 9 tasini jahon chempionatining saralashida o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!