Tomas Myuller: "Qanday natija bo‘lishiga juda qiziqyapman, ochig‘i..."

"Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Qanday natija bo‘lishiga juda qiziqyapman, ochig‘i. Hozir menda xuddi boshqa mahallaga borib, 80 ming muxlis qarshisida futbol o‘ynab keladigandek tasavvur bor.

Madridda futbolni o‘zgacha qadrlashadi, o‘yinlarga tushgan muxlislar buni juda yaxshi biladi. Bu mezbon jamoaning o‘yiniga ham ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi, albatta", - dedi germaniyalik futbolchi. 

Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Bavariya" uchrashuvi 8 maydan 9 mayga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi. Ilk bellashuv 2:2 hisobidagi jangovor durang bilan yakun topgan edi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!