"Tottenxem" vakillari "Shaxtyor" futbolchisining agenti bilan ehtimoliy transfer ustida ko‘rishdi

"Tottenxem" klubi "Shaxtyor" futbolchisi Giorgiy Sudakovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Sunday Mirror" nashri xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, hafta o‘rtasida tomonlar o‘rtasida ehtimoliy transfer ustida muzokaralar o‘tkazilgan. Ukraina jamoasi Sudakovning sotuvidan taxminan 70 million evro ishlab topishni reja qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Giorgiy joriy mavsum Ukraina chempionatining joriy mavsumida 20 o‘yinda maydonga tushdi va 4 gol va 1 assist muallifi bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!