Tuxel: G‘alati tuyg‘u

Tomas Tuxel "Bavariya" "Real"ga ko‘proq gol urishini istardi. 

"Biz o‘yinni ajoyib boshladik va birinchi daqiqadayoq hisobni ochishimiz mumkin edi. Shundan so‘ng rejaga amal qilishni to‘xtaib, gol o‘tkazib yubordik va ishlar murakkablashdi. 

Ikkinchi bo‘limda vaziyat yaxshilandi va aniqroq o‘ynashni boshladik. Hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirgach, yana ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Uchinchi golni urishimiz kerak edi. 

G‘alati tuyg‘u. Raqib ikki imkoniyatni golga aylantirdi. 

Maqsad aniq. Madriddagi g‘alaba va "Uembli"ga safar. Men uchun imkoniyatlar hamon 50/50",
- dedi "Bavariya" ustozi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!