Tuxel "Real"ga qarshi javob o‘yinida gol uradigan futbolchi kimligini aytdi

"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel myunxenliklar hujumchisi Serj Gnabri "Real"ga qarshi o‘yinda gol urishi haqidagi bashoratiga izoh berdi.

"Bu faqat birinchi o‘yin edi. Gnabri, albatta, "Real"ga gol uradi. Madriddagi ikkinchi o‘yinimiz bor. Gnabri u erda gol uradi", - deya Tuxelning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, 30 aprel kuni Chempionlar ligasi yarim finalining ilk o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda "Bavariya" va "Real" to‘qnash keldi. Myunxendagi “Alyants Arena”da kechgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 8 may kuni Ispaniyada bo‘lib o‘tadi.

Joriy mavsumda Gnabri klub safida barcha musobaqalarda 18ta o‘yinda qatnashib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, 28 yoshli hujumchining taxminiy narxi 45 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!