Tuxelga kutilmagan jamoadan ish chiqdi

“Bavariya”dan ketishi kutilayotgan Tomas Tuxel boshqa grand klublar o‘rtasida talash bo‘ladigan ko‘rinadi.

Germaniyalik mutaxassisga yangi da’vogar chiqdi. Jurnalist Rudi Galettining ma’lum qilishicha, “Milan” tajribali mutaxassisni bosh murabbiylikka taklif qilmoqchi.

Milanliklar hozirgi bosh murabbiy Stefano Pioli o‘rniga portugaliyalik Joau Konseyskuni olib kelmoqchi. Agar portugaliyalik mutaxassis bilan kelishuv amalga oshmasa, ishga Tomas Tuxel taklif qilinadi.

Tomas Tuxel qo‘l ostida “Bavariya”ning chempionlik seriyasi to‘xtadi. Shu bois, mutaxassis Myunxen klubini tark etishi kutilmoqda. Tuxelga “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!