U-17 JCh. 2-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi (guruhlardagi vaziyat)

  • 15 noyabr, 2023, 21:30
  • 0
  • Futbol

17 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 2-tur bahslari o‘z nihoyasiga etdi. Mazkur tur gollarga va qiziqarli voqealarga boy o‘tdi. Quyida barcha natijalar va guruhlardagi vaziyat bilan tanishing. 

"A" guruhi

Ekvador Marokashni 2:0 hisobida mag‘lub qilishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab, 62-daqiqada Bermudes hisobni ochgan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalarda futbolchi dublni rasmiylashtirdi. Indoneziya esa Panama bilan durang o‘ynadi. Birinchi taym oxirida Kastillo jamoasini oldinga olib chiqdi. 54-daqiqada Kaka imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Mazkur uchrashuvlardan keyin guruhda Ekvador 1, Marokash 2, Indoneziya 3 va Panama 4-o‘ringa joylashdi. 

photo_2023-11-15_21-12-01

"B" guruhi

Ispaniya 2-turda Malini minimal hisobda taslim qildi. Uchrashuvning 40-daqiqasida ilk turda xet-trik qilgan Dumbiya qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 62-daqiqadada esa "Barsa" akademiyasi a’zosi Ernandes g‘alaba golini urdi. Vakillarimiz ushbu turda Kanadani 3:0 hisobida mag‘lub qildi. 22-daqiqada Chukvu o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan ko‘p o‘tmay Saidov oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 81-daqiqada hujumchimiz yana bir o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, mazkur turdan keyin Ispaniya peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekiston va Malining ochkolari soni teng. Kanada esa hali ochko ololgani yo‘q. 

photo_2023-11-15_21-13-08

"C" guruhi

Braziliya Yangi Kaledoniyani ayab o‘tirgani yo‘q. Felipe Leal shogirdlari 9 marta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinda Elias xet-trik, Rayyan dubl, Estevao, Lugi, Reis va Kunyalar bittadan o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Braziliya ushbu o‘yinda 81 marta zarba berdi. Birinchi turda kambek qilgan Eron bu safar o‘zi kambek qurboni bo‘ldi. Dastlab, Zamani hisobni ochdi. 63-daqiqada Denni, 90-daqiqada Ndalalar gol urib, inglizlarning g‘alabasini ta’minladi. Mazkur guruhda Angliya 6 ochko bilan birinchi o‘ringa chiqib oldi. Braziliya va Eronning ochkolari teng. Yangi Kaledoniya 4-pog‘onada turibdi. Ushbu terma jamoa ikki o‘yinda 19 marta gol o‘tkazib yubordi. 

photo_2023-11-15_21-13-29

"D" guruhi

Senegal Polshaga qarshi o‘yinda 4 ta gol urib, 1 marta darvozasidan to‘p olib chiqdi. Bahsda Geye xet-trik qilgan bo‘lsa, Szala avtogol urib, hisobni yiriklashtirdi. 66-daqiqada Regula javob qaytardi. Argentina esa Yaponiya ustidan zafar quchdi. Argentinaliklar o‘yinning 10-daqiqasigacha hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Shundan so‘ng Rento farqni qisqartirgan bo‘lsa, Ruberto uchrashuvga nuqtani qo‘ydi. 2-turdan keyin Senegal 1, Argentina 2 va Yaponiya 3-o‘ringa joylashdi. Polsha 4-pog‘onada turibdi. 

photo_2023-11-15_21-14-04

"E" guruhi

Meksika va Venesuela o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:2 hisobi bilan tugadi. Hisobni 6-daqiqada Kichero ochdi. meksikaliklar 62 va 67-daqiqalarda ikkita gol urib, oldinga chiqib oldi. 84-daqiqada esa Profeta penaltini aniq amalga oshirdi. Germaniya Yangi Zelandiyani qiyinchiliksiz taslim qildi. BryunerMoerstedt va Yalchinkayalar bittadan gol urgan bo‘lsa, Uotson javob qaytardi. Germaniya ushbu g‘alaba orqali guruhda birinchi o‘ringa chiqib oldi. Venesuela esa 2-pog‘onaga joylashgan. Shuningdek, Meksika 3 va Yangi Zelandiya 4-pog‘onada. 

photo_2023-11-15_21-14-26

"F" guruhi 

AQSh 2-turda Burkina Faso ustidan zafar quchdi. Figueroa va Berchimaslar hisobni 2:0 qilib qo‘ygan bo‘lsa, 89-daqiqada Diarra oradagi farqni qisqartirdi. Frantsiya esa minimal hisob bilan Janubiy Koreyani taslim qildi. Yagona golni esa Amougou 2-daqiqada urdi. Mazkur guruhda peshqadam va ikkinchi o‘rindagi jamoalarni ochkolari teng. Gol nisbatiga Frantsiya oldinda turibdi. Janubiy Koreya va Burkina Faso ham hali ochko to‘play olmadi. 

photo_2023-11-15_21-36-41

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!