U23 Osiyo kubogi. Final uchun O‘zbekiston terma jamoasining taxminiy tarkibi bilan tanishing!

Xabaringiz bor, bugun 23 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs uchun terma jamoamizning taxminiy tarkiblar bilan tanishing.

Darvozabon: Abduvohid Ne’matov;

Himoyachilar: Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Alibek Davronov, Muhammadqodir Hamraliev, Zafarmurod Abdirahmatov;

Yarim himoyachilar: Abdurauf Buriev, Umarali Rahmonaliev, Jasur Jaloliddinov;

Hujumchilar: Ruslanbek Jiyanov, Husain Norchaev, Ulug‘bek Hoshimov.

 Eslatib o‘tamiz, uchrashuv soat 20:30 da “Jassim Bin Hamad” stadionida start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!