"Uimbldon". Abduraimova o‘z yurishini muddatidan oldin yakunlashga majbur bo‘ldi

  • 23 iyun, 2022, 18:56
  • 0
  • Tennis

Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirida saralash bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Nigina Abduraimova o‘z yurishini kvalifikatsiya bosqichida to‘xtatdi. Vakilamiz Lixtenshteyn sharafini himoya qilayotgan fon Dayxmannga 2 setda imkoniyatni boy berdi, 4:6, 4:6.

Abduraimova saralash bosqichi chorak finalida turkiyalik Ipek Ozni 0:6, 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!