Vardi boshchiligidagi "Lester" Chempionship g‘olibligini qo‘lga kiritdi!

Chempionship 45-turidan o‘rin olgan "Preston" - "Lester" o‘yinida mehmonlar yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. "Tulkilar" safida ikki golga Jeymi Vardi mualliflik qilgan bo‘lsa, yana bir golni Keysi Makater kiritdi. 

Shu tariqa, ochkolari sonini 97 taga etkazib qo‘ygan Enzo Mareska shogirdlari chempionat tugashiga bir tur qolganida g‘oliblikni rasmiylashtirdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rindagi "Lids" va "Ipsvich" hisobida 90 ochko mavjud. Shunga qaramay, "Ipsvich" bitta kam o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa ham baribir "Lester"ga tenglasha olmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Chempionshipdan 1 va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan klub to‘g‘ridan-to‘g‘ri APLga yo‘l oladi. 

  • Angliya - Chempionship
  • Joriy Mavsum

Preston North End

Tugadi
0 : 3

30.04.2024 00:00

Leicester City

  • Jamie Vardy  36'
  • Jamie Vardy  52'
  • K. McAteer 67'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!