Vengriyadan xushxabar! Irodaxon Rustamova ham Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi!

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Vengriyaning Seged shahrida para kanoe bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 

Hozirgina ayollar o‘rtasida yana bir vakilimiz musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi. VL2 klassida startga chiqqan Irodaxon Rustamova 01:04.60 soniya natija bilan 5-o‘rinni egalladi va Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi. 

Ushbu natijadan so‘ng Paralimpiyachilarimizning Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni 35 taga etdi. Vengriyadagi Jahon chempionati esa 11 mayga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!