"Vest Xem"ning yangi bosh murabbiyi aniq

Yaqindagina "Vest Hem" David Moyes bilan xayrlashganini ma’lum qilgandi. Endi rahbariyat uning o‘rnini to‘ldirishga harakat qilmoqda. 

Fabritsio Romano xabar berishicha, "bolg‘achilar" "Vulverxempton", "Real" va Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan muzokaralar olib bormoqda va tomonlar deyarli kelishuvga erishib bo‘ldi. 57 yoshli mutaxassis APLga qaytishga tayyor. 

O‘tgan yozda Lopetegi "bo‘rilar" rahbariyati bilan bahslashib qolib, jamoani tark etgandi. O‘shanda murabbiy yangi transferlar talab qilgan, lekin xaridlar amalga oshirilmagach, ketishga qaror qilgandi. "Vulvz"ni esa Gari O‘nil qabul qilib olgandi. Ayni paytda klub Premer-liga turnir jadvalida 12-pog‘onada bormoqda. 

Xulenga avvalroq "Milan" jiddiy qiziqish bildirgandi. Ammo muxlislar sabab Italiya jamoasi bu fikridan qaytdi. Shu bilan birga, "Bavariya" ham uni Tomas Tuxel o‘rniga nomzod sifatida ko‘rayotgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!